MO'JIZA DARAXT

MO‘JIZA DARAXT (Dracaena draco) - loladoshlarga mansub daraxt. Kanar orollarida, Afrika va Janubiy Osiyoda o‘sadi. 5-6 ming yilgacha yashay oladi. Tanasining aylanasi 14 m ga, bo‘yi 20 m ga va shox-shabbasining diametri 12-14 m ga yetadi. Gullari aktinomorf, barglari to‘g‘ri chiziqli va qalin bo‘lib, shoxlari uchida taram-taram holda joylashadi. Po‘stlog‘idan qizil qatron (smola) olinadi.

Русский

ДРАЦЕНА

Prev Article

MIXAIL ASTRAGALI

Next Article

MO'RT TOG'JUMRUT