MO‘YLOVDORLAR (Cerambycidae)- dunyoda ularning 20 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, asosan ular o‘rmon va qishloq xo‘jaligiga zarar keltiradi. O‘zbekiston Respublikasida mazkur qurtning 50 ga yaqin turi ma’lum bo‘lib, ularning 22 tadan ortiqroq turi dendrofil bo‘lib, o‘rmon va mevali daraxtlarning tanasi, shoxlari va ildiziga zarar keltiradi. Mo‘ylovdor lichinkalari oq rangda, old bel qismi va qorni go‘shtdor. Lichinka oziqlanish davrida qobiq va yog‘ochda yo‘lni kemirib chiqadi va daraxtning qurishiga, yog‘ochni esa yaroqsiz holatga olib keladi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
MO'YLOVDORLAR