LIVAN KEDRI (Cedrus libani Laws.) bo‘yi 40 m ga yetadigan, yoyiq shox-shabbali, katta yoshida soyabon shakliga kiradigan daraxt. Livan kedri urug‘idan ko‘payadi. Bu kedr boshqa turlardan farqli sovuqqa, qurg‘oqchilikka, tutun va gazlarga chidamli, yorug‘sevar bo‘ladi. Bu turning ustunsimon egilib o‘suvchi, tilla va kumush rangdagi shakllari bor. Livan kedrini tog‘larda yakka-yakka va qator qilib ekish maqsadga muvofiq.
LIVAN KEDRI