LIАNАLАR

LIАNАLАR (frans. liant, bog‘lanish) — o‘simliklar, qoyalar va boshqa narsalarga chirmashib o‘sadigan butasimon yoki o‘tsimon o‘simliklar guruhi. Bunday o‘simliklar yorug‘likka intilib uchidan tez o‘sadi va atrofidagi daraxtlarga o‘ralib, ko‘pincha ularni nobud etadi. Аsosan, tropik o‘rmonlarda (2000 turi) o‘sib, changalzorlar hosil qiladi. O‘zbekistonda xmel, yovvoyi tok, aktinidiya va boshqalar o‘sadi. Liananing baʼzi turlari manzarali o‘simlik sifatida ko‘paytiriladi. Gulli o‘simliklar, qirqquloqlar va ochiq urug‘lilarining ayrim turlari lianaga kiradi (ilashuvchi o‘simliklar). Manba: «O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi». 2000.

English

LIANAS

Русский

ЛИАНЫ

Deutsch

LIANAS

Prev Article

LIVAN KEDRI

Next Article

LOLА DАRАXT