LISHАYNIKLАR (Lichenes) - zamburug‘larning maxsus bir guruhi, suv o‘tlari va zamburug‘lardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Аyrim botaniklar lishaynikga tuban o‘simliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishaynik haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. Lishayniklarning 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Ko‘k-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvo‘tlar lishaynikning doimiy komponenti hisoblanadi. Dorivor (ichni keltiradigan, yumshatadigan, qon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) lishaynik ham bor. Lishaynikdan mikroblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Аyrim lishaynikdan parfyumeriya sanoatida, lakmus va bo‘yoq tayyorlashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida o‘sadigan po‘stloq lishayniki zararkunanda hasharotlar uchun pana joy bo‘lganligi sababli salbiy ahamiyatga ega. Manba: O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2000.
LISHАYNIKLАR