KORJINSKIY NOKI

KORJINSKIY NOKI (Pyrus Korschinskyana Rgl) bo‘yi 6-8 m, diametri 20-40 sm li, shox-shabbasi yoyiq yoki cho‘zinchoq, tikansiz, daraxt. May oyida gullaydi. Mevasi keng tuxumsimon, yashil, yetilganda yashil-sariq rangga kiradi nordon, yeyilganda tishni qamashtiradi. Kuzda uzib olingandan keyin vaqt o‘tishi bilan yetiladi va yeyishli bo‘ladi. Urug‘idan yaxshi unadi. Bu nok turi tog‘li rayonlarda dengiz sathidan 1400-1600 m balandliklarda o‘sadi. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda uchraydi. Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli.