KOREYA QАRАG'АYI

KOREYA QАRАG‘АYI (Pinus koraiensis S.et Z.) sibir qarag‘ayiga o‘xshash yirik daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m ga va diametri 1,5-2 m ga yetadi. Ignabarglari daraxtda 2-3 yil saqlanadi. Urug‘dan yaxshi ko‘payadi, nihollari juda sekin o‘sadi. Koreya qarag‘ayi sovuqqa chidamli, yorug‘likka, issiqqa talabchan va soyasevar daraxt. Bu qarag‘ay o‘rmonida baʼzan yaproqli daraxtlar ham uchraydi. U MDH da 4,5 million gektar maydonni egallaydi. Urug‘i yong‘og‘i oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Mag‘zi tarkibida 65% moy bor. Koreya qarag‘ayi MDH ning Yevropa qismida ham ekiladi. Qish sovug‘iga chidamli bo‘lgan holda, havoning issiq va quruq kelishiga va ishqorli tuproqqa chidamsizdir. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

KOPROFAGLAR

Next Article

KORJINSKIY NOKI