IPPOLIT GULSАFSАRI (Iris hippolyti (Vved) Kamelin) Qizilqum qoldiq tog‘larining juda kamyob endemik o‘simlik. Mart-aprel oylarida gullab, mevasi aprel-mayda pishadi. Navoiy viloyati, Ko‘kchatog‘da tarqalgan. Suv havzalarini ikkiga ajratuvchi qoyatoshli joylarda o‘sadi. Soni aniqlanmagan. Urug‘idan va tugunak piyozlaridan ko‘payadi. Tabiatdan kamyob, endemik tur. O‘sish joylarida chorva mollari juda ko‘p boqiladi. Muhofaza etilmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
IPPOLIT GULSАFSАRI