IQLIM OMILLАRI - harorat, yorug‘lik, namlik (yog‘ingarchilik, havo namligi), havo tarkibi, shamol hisoblanadi. Harorat o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Har bir o‘simlik turi uchun minimal, optimal va maksimal harorat mavjud bo‘lgan holdagina o‘simliklar o‘sadi, rivojlanadi va ularda normal fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Yer yuzida turli geografik zonalarda turlicha harorat rejimi mavjud. Tog‘li joylarda harorat mintaqalari vertikal tus olib, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari o‘rtacha harorat pasayadi, namlik miqdori ortib boradi. Tundra, o‘rmon, dasht, cho‘l hamda tropik o‘rmonzorlardagi daraxt-buta o‘simliklarning xilma-xilligi ikki omil: harorat va namlikka bog‘liq bo‘ladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article