GRЕK YONG'OG'I

GRЕK YONG‘OG‘I (Juglans regia L.) bo‘yi 25-30 metrga, diametri 1-2 metrga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, sharsimon. Shox va novdalarining po‘stlog‘i silliq, oqish po‘st tashlab turadi. Barg yozish bilan bir vaqtda (aprel oyida) gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanadi. Mevasi bitta yoki bir nechtadan to‘da bo‘lib joylashadi. Ular sentyabr oyida yetiladi, qo‘ng‘ir-yashil, oval shaklda ustki seret po‘sti mevasi yetilganda yoriladi. Mag‘zi iste’mol qilinadi va biokimyoviy xususiyatlari yuqori. Uning po‘stidan, bargidan, tanasining po‘stlog‘idan jigarrang bo‘yoq moddasi olinadi. U ipak va ip gazlamalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Bulardan tashqari, qobig‘ida 20% ga yaqin oshlovchi moddalar bor. Yong‘oq urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Ekishdan oldin urug‘ini stratifikatsiya qilish zarur. Ildizi yo‘g‘on o‘qildiz bo‘lib, yerga chuqur kirib boradi. To‘nkasidan, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Manba: Dendrologiya. 2015.

Prev Article

GRAB

Next Article

GRЕYPFRUT