FЕDCHЕNKO KOVRAGI (Ferula fedtschenkoana Koso-Pol.) G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur. Mutlaq tuksiz ko‘p yillik polikarp o‘t o‘simlik. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari, Hisor tizmasi (Qizildaryoning yuqori qismi), Turkiston va Molguzar tizmalari. O‘zbekistondan tashqarida, Tojikistonda tarqalgan. Tog‘lardagi archazor hududning shimoliy yonbag‘irliklaridagi mayda tuproqli-shag‘alli joylarda o‘sadi. Sanoqli darajada uchraydi, 10 x 10 m2 maydonga 2-3 ta o‘simlik to‘g‘ri keladi. Urug‘i orqali ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Hisor va Zomin davlat qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
FEDCHЕNKO KOVRAGI