FEDCHЕNKO KO'KAMARONI

FЕDCHЕNKO KO‘KAMARONI (Scutellaria fedtschenkoi Bornm.) janubi-g‘arbiy Pomir-Oloy tog‘laridagi kamyob endemik o‘simlik. Iyun-iyulda gullab, mevasi iyul-avgust oylarida yetiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Hisor tizmasida (G‘uzor va Sherobod shaharlari oralig‘i, Sho‘rob va Darband qishloqlari atrofi, Bo‘zgalaxona darasi, To‘palang daryosi vohasi, Boysuntog‘) tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismida ohaktosh qoyalarning yoriqlarida o‘sadi. Juda kam uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.