DORIVOR TAFLON

Dorivor taflon (laurocerasus officinalis roem) – ra’noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 1–3 m (ba’zan 8 m) ga yetadigan doim yashil buta yoki daraxt. Asosan Kavkazda, Ukraina, Qrimning janubiy nohiyalarida tarqalgan. Markaziy Osiyoda xiyobon, bog‘ va ko‘chalarda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Tibbiyotda bargi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, sianogen glikozidlar, oshlovchi moddalar bor. Bargidan tayyorlangan taflon suvi tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida achchiq bodom suvi o‘rnida ishlatiladi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.

Prev Article

DOMINANTLIK

Next Article

DORIVOR LIMON O'T