DORIVOR LIMON O'T

Dorivor limon o‘t (Melissa officinalis L.) – labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 30–60 sm ga yetadigan limon hidli ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazning tog‘li nohiyalarida, tog‘ etaklaridan o‘rta qismigacha bo‘lgan yerlardagi daraxt va butalar soyasida, salqin va nam yerlarda, bog‘larda o‘sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, vitamin S, kofe, oleonol, ursol kislotalar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar bor. Yer ustki qismining (ba’zan bargining) damlamasi ovqat hazm bo‘lishi buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, ba’zi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi, og‘riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид изоҳли луғати. 2023.

Prev Article

DORIVOR TAFLON