BOCHANSЕV EVЕRSMANNIYASI (Eversmannia botschantzevii Sarkisova) Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyning kamyob endemik o‘simligi. Shoxlari tukli, 60-70 sm li tikanak bo‘ta. May-iyun oylarida gullab iyulda mevalaydi. Qashqadaryo viloyatidagi Ellikbosh tog‘ tizmasi (Qo‘rg‘ontosh qishlog‘i atrofi)da uchraydi. Qizil qumli tuproqlarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining boqilishi va ola maydonlarning qisqarishi. Muhofaza etilmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article