BOCHANSЕV TANATSЕTOPSISI (Tanacetopsis botschantzevii (Kovalevsk.) Kovalevsk.) O‘zbekistonning janubida juda kichik maydonlarda saqlanib qolgan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 25-45 sm orasidagi ildiz poyasi yo‘g‘on, ko‘pboshchali ko‘p yillik o‘simlik. Iyul oyida gullab, meva beradi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Boysuntog‘, Yakkabog‘daryosining yuqori qismi)da tarqalgan. Tog‘ning yuqori qismidagi yonbag‘ir va surilmalarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article