ANJIR PARVONASI (Choreutis nemorana Hb.) – anjir parvonasining qurtlari anjir barglari va mevalariga zarar yetkazib, hosilni kamaytiradi va sifatini pasaytiradi. Ba’zan anjir tuplarining hamma mevalariga zarar yetkazadi. Bu hasharotga qarshi kurash choralari vaqtida olib borilmasa, mevalarni 3 % dan 50 % gacha zararlaydi. Anjir parvonasi Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkaz, O‘rta Yer dengiz bo‘yi, Yevropada uchraydi. Kapalagining kattaligi qanotlarini yozib turganda taxminan 15 mm keladi. Oldingi qanotlari jigar rang bo‘lib, xira, tarqoq, orqa qanotlarining o‘rtasi tukli qo‘ng‘ir va tashqi chekkasining atroflarida och qo‘ng‘ir dog‘lari bor. Ushbu kapalak anjir barglarining orqa tomoniga bittadan tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar o‘rgimchak uyasini to‘qiydi va uning panohida barglarning etini pastki tomonidan yeydi, keyinchalik qurtlar bargni ikkala tomondan yeyaveradi, ammo qarama-qarshi tomonning po‘stiga tegmaydi, mevalarga zarar yetkazish uchun mevani ichiga kiradi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article