ANJIR PO'STLOQXO'RI

ANJIR PO‘STLOQXO‘RI - O‘zbekiston, Tojikiston, Qrim va Kavkazda keng tarqalgan. Po‘stloqxo‘r anjirning shoxlari, butoqlari va tanasiga zarar yetkazadi. Birinchi navbatda po‘stloqxo‘r o‘ta zaiflashgan daraxtlarga o‘rnashib oladi va mutlaqo qurigan daraxtlarda ham rivojlanishi mumkin. Ko‘pincha po‘stloqxo‘r qobiqdagi sovuqqa kurashuvchi qobiq dog‘larida o‘rnashib oladi va ular ko‘payib shoxlarning va butun daraxtning qurishiga olib keladi. Po‘stloqxo‘rlar anjir saratoni infeksiyasining tashuvchisi hisoblanadi. Anjir po‘stloqxo‘ri qo‘ng‘iz davrida shox po‘stlog‘i ostida, butalar va tana ostida qishlaydi. Bahorda qo‘ng‘iz aprelning ikkinchi yarmida uchishni boshlaydi. Qo‘ng‘izlar uchishi butun vegetatsiya davrida davom etadi, uchish muddati va tuxum qo‘yish davrining davomiyligi, lichinkalar rivojlanishi avlodlar shakllanishiga olib kelishi bilan izohlanadi. Ozarbayjon, Gruziyada 2-3, Qrimda - 2, Fransiya janubi, Aljirda, Isroilda -3-4 avlod rivojlanadi. O‘zbekistan sharoitida 2 avloddan kam emas. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.

Prev Article

ANJIR PARVONASI

Next Article

ANJIR SHAFTOLI