ANTROPOGEN LANDSHAFT

Antropogen landshaft – xususiyatlari inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan landshaft. Maqsadli yoki avvaldan mo‘ljallanmagan o‘zgarishlariga ko‘ra atayin o‘zgartirilgan va bexosdan o‘zgargan landshaftlarga farqlanadi (ikkinchisi ba’zan «antropik landshaft” nomi bilan yuritiladi). Bulardan tashqari, madaniy landshaftlar (o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun insonning xo‘jalik faoliyati tufayli ongli ravishda o‘zgartirilgan va kerakli holatda saqlab turiladigan) va noratsional faoliyat yoki qo‘shni landshaftlarning nomaqbul ta’siri ostida paydo bo‘lgan nomadaniy landshaftlar mavjuddir (tanazzulga yuz tutgan landshaft bu qatorda eng oxirgi o‘rinni egallaydi). Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.

Prev Article

ANTROPOFITLAR

Next Article

ANTROPOGEN TIZIM