ANTROPOGEN TIZIM

ANTROPOGEN TIZIM (yun. anthropos – inson va genos – tug‘ilish) – Yerning geologik tarixining hozirgacha davom etayotgan, davomiyligi har xil ma’lumotlarga ko‘ra 600 ming yildan 3,5 mln. yilgacha bo‘lgan oxirgi davrlaridan biri; pleystotsenga (odam paydo bo‘lishi davri) va golotsenga (muz davri tugashidan hozirgacha bo‘lgan davr) bo‘linadi. Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.