ZARAFSHON ARCHASI, QORA ARCHA (Juniperus zeravschanica Kom.) bo‘yi 10-15 m, diametri 1-1,5 m li, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki yoyiq shakldagi daraxtdir. Bu archa turi urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1-3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Zarafshon archasi qurg‘oqchilikka chidamli va issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli yerda yaxshi o‘sadi. 1000 yilgacha yashaydi. Tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 2800 m balandlikda o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli va ildiz tizimi baquvvat bo‘lganligi sababli uni tog‘ qiyaliklariga ekish muhim ahamiyatga ega. Bu archa Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham uchraydi. Manba: Dendrologiya. 2012.
ZARAFSHON АRCHA