ZEBO MARMARAK

ZEBO MARMARAK (Salvia insignis Kudr.) Janubiy O‘zbekistonda o‘sadigan juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 40 sm ga yetadigan tik poyali ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Surxondaryo viloyati, Bobotog‘ va Besharcha tog‘larida (Garmbuloq va Qashqaquduq atroflari) tarqalgan. Janubiy Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘ning pastki qismidagi ola jinslarda, ohaktoshli hamda yonbag‘irlarda va surilmalarda o‘sadi. Bu tur tabiatda juda kam saqlanib qolgan bo‘lib, umumiy soni 1000 tupdan oshmaydi. Yo‘qolib ketish xavfi ostida. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik tarqalgan yerlarda chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli uning soni qisqarib bormoqda. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016. 

Prev Article

ZAYTUNDOSHLAR

Next Article

ZIRK