YUMALOQ BARGLI IRGA

YUMALOQ BARGLI IRGA (Amelanchier rotundifolia Dun.Cours.)) bo‘yi 3 m, shoxlari tik o‘sadigan buta. Аprel-may oylarida gullaydi. Gullari nektarli. Mevasi avgustda yetiladi. Uni qushlar isteʼmol qiladi. Yetilgan mevasi qora bo‘lib, sirtida zangori dog‘lari bor, uning kosachabarglari yaxshi o‘sadi. Qumli va qumoq kulrang o‘rmon tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Bahorda urug‘ini stratifikatsiya qilib, so‘ng sepish kerak. Ildizpoyasidan ham ko‘payadi, ildizidan bachkilaydi. Qrim va Kavkazda tabiiy holda o‘sadi. Ihota qatorlari barpo etish va yashil to‘siq uchun juda mos keladigan o‘simlik. Manba: Dendrologiya. 2012.