YIRIK GULLI MAGNOLIYA

YIRIK GULLI MAGNOLIYA (Magnolia grandiflora L.) bo‘yi 25-30 metrga yetadigan daraxt. U Shimoliy Amerikadan tarqalgan. Kavkaz va Qrim sharoitlarida doim yashil holida o‘sadi. Ba’zi turlari kuzda bargini to‘kadi. Bizning sharoitimizda magnoliya qurg‘oqchilikdan va qishgi sovuqdan zararlanadi. Magnoliya chiroyli daraxt bo‘lganligidan respublikamizning janubiy tumanlarida turar joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish maqsadga muvofiqdir. Manba: Dendrologiya. 2012.