YILLIK SOXTА HАLQА - har yili vegetatsiya davrida bir qavat halqa hosil bo‘ladi. Natijada tana yo‘g‘onlashadi. Bu yillik halqadir. Baʼzan har xil sabablarga ko‘ra, masalan, bahorda barglarni sovuq urganda yoki tutlarning bargi kesib olinganda yillik halqaning tuzilishi to‘xtaydi. Yangi barglar chiqishi bilan halqaning tuzilishi davom etadi. Natijada halqa ikki qavat bo‘lib qoladi. Bu aslida ikki yil mobaynida emas, balki bir yil mobaynida tuzilgan halqadir. Shulardan biri soxta halqa hisoblanadi.
English
Русский
Deutsch
Prev Article