YEVROPA ZARNABI

YEVROPA ZARNABI (Taxus baccata L) qalin shox-shabbali, tanasi qirrali, sershox daraxt bo‘lib, uning bo‘yi 10-27 metrgacha, diametri 1,5 metrgacha yetadi. Zarnab daraxti fevralda gullaydi. Zarnab asosan urug‘idan ko‘payadi, urug‘i kuzda yetiladi. Uning ma’lum qismi bahorda unib chiqsa, qolganlari 2-4 yil davomida ko‘karadi. Urug‘larining unuvchanligini 4-5 yilgacha saqlanadi. U qalamchadan, ildiz bachkisidan ham ko‘payishi mumkin, lekin sekin o‘sadi. Zarnab daraxti har xil tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Havoning iflos bo‘lishiga chidamli daraxt, shu sababli shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. U 4000 yilgacha yashaydi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

YEVROPA QARAG'AYI

Next Article

YILLIK HАLQА