YEVROPA QARAG'AYI

YEVROPA QARAG‘AYI (Pinus cembra L.) sibir qarag‘ayiga juda o‘xshab ketadi. Lekin past bo‘yli bo‘lishi, shox shabbasi keng tuzilganligi, ignabarglarning uzun va ingichkaligi, urug‘ va qubbachalarining maydaligi bilan undan farq qiladi. U G‘arbiy Yevropada, Alp va Karpat tog‘larida dengiz sathidan 1300-2500 m balandliklarda o‘sadi. Urug‘pallalari dag‘al, yashil, pushti rangda. Iyun oyida o‘sishdan to‘xtaydi. Yosh nihollari Toshkent sharoitida havoning issiq va quruq kelishidan zarar ko‘rmaydi. Manba: Dendrologiya. 2012.