XANDON PISTA (Pistacia vera L) turi Markaziy Osiyoda o‘sadi. Mevasi juda mazali, iste’mol qilinadi va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Mag‘zi tarkibida 60-70% moy bor. Tanasidan smola olinadi. Bargida tannid moddasi bor. Xandon pista Markaziy Osiyodagi tog‘ qiyaliklarida yovvoyi holda o‘sadi. Qurg‘oqchilikka va issiqqa juda chidamli. Ko‘p sug‘orilsa, yerda nam haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, qurib qoladi. Pista asosan urug‘dan ko‘paytiriladi.
XANDON PISTA