XAMROEV XUSEN FАTULLАEVICH 1983-yilning 19-oktyabrida Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. 2001-2005-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining „O‘rmonchilik“ yo‘nalishi bo‘yicha, 2005-2007-yillarda “O‘rmon melioratsiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada, 2007-2010-yillarda aspiranturasida tahsil olgan.
2019-yilda “Cho‘l yaylovlari mahsuldorligini oshirishning o‘rmon meliorativ va ekologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Mehnat faoliyati davomida “Ihotazorlarning cho‘l yaylovlari mahsuldorligini oshirish asoslarini ishlab chiqish”, “Grek yong‘og‘ining istiqbolli navlarini tanlash va ko‘paytirish”, GCP / UZB / 004 / GFF “Sustainable management of mountain and valley forests in Uzbekistan” nomli xalqaro va Respublika miqyosidagi loyihalarda masʼul bajaruvchi va mahalliy ekspert sifatida ishtirok etgan. Ushbu loyihalardagi ishtiroki mobaynida Respublikamizning tog‘ va cho‘l hududlaridagi yaylovlarning mahsuldorligini oshirish, Grek yong‘og‘ining yirik mevali istiqbolli shakllarini tanlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.
XAMROEV XUSEN FАTULLАEVICH