VITAMINLI O'SIMLIKLAR

VITAMINLI O‘SIMLIKLAR — bargi, mevasi, guli va b. organlarida vitaminlar yoki provitaminlar (vitaminlar paydo bo‘ladigan birikmalar) mavjud bo‘lgan o‘simliklar. Turli o‘simliklarda vitaminlar miqdori bir xil emas, vitaminlar o‘simlik bargida, generativ organlarda (mevasida, urug‘ida) yoki ayrim qismlarida (urug‘ qobig‘ida, murtagida) to‘planishi mumkin. Vitaminli o‘simliklar inson, shuningdek hayvonlar uchun vitaminlar manbai hisoblanadi va vitamin sanoati uchun xom ashyodir. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

VITAMINLAR