VIRGIN ARCHASI

Virgin archasi (Juniperus  virginiana L.) bo‘yi 15-30 m ga yaqin daraxt. Bu archa tanasining tubidan shoxlaydi, keyinroq bu shoxlari qurib tushib ketadi. Urug‘i unib chiqish xususiyatini 3 yilgacha saqlaydi. Urug‘i sepilgandan keyin ikkinchi yili unib chiqadi. Shimoliy Amerikaning g‘arbiy va sharqiy shtatlarida tabiiy tarqalgan. Quruq toshli, qumli va botqoq hamda nam sho‘rtob tuproqlarda o‘saveradi. Qurg‘oqchilikga, havoning ifloslanishiga, soyaga chidamli. Bu archa Qora dengiz bo‘ylarida, Kavkazda va Qrimda, Ukrainada, Belorussiyada ekiladi. Uni yashil to‘siq sifatida yakka-yakka yoki to‘da-to‘da qilib ekish tavsiya etiladi. Ushbu archa turi O‘zbekiston sharoitiga yaxshi moslashgan archa turi bo‘lib, ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Shahar havosining ifloslanishiga va tutunga chidamli tur, Toshkent sharoitlarida o‘sib turgan archa daraxtlarining 80% ga yaqini shu turga mansub. O‘zbekistonning shimoli, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yaxshi o‘smoqda. Manba: Dendrologiya. 2012.

Next Article

VIRGIN XURMOSI