VIRUSLI XLOROZ KASALLIGI

VIRUSLI XLOROZ KASALLIGI - yashil rang jadalligining pasayishi yoki yengil sarg‘ayish (xloroz) kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xloroz kasalligi qayrag‘och, oq akatsiya, olma, zarang va boshqa daraxtlarda uchraydi. Havodagi zaharli moddalar ta’sirida barg tomirlari orasida hoshiyasimon yoki uzunasiga joylashgan qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Natijada og‘izchalarning o‘lchami kichrayadi. Kasallik kuchayganda barglar nobud bo‘ladi. Qorakuya barglarni yoppasiga berkitib qo‘yadi. Natijada barglar sekin-asta sarg‘ayadi va nobud bo‘ladi. Kech bahorgi sovuqlar ta’sirida dastlab barglar va novdalarning uchki qismi qo‘ng‘ir, keyinchalik qoramtir tusga kiradi. Ular mo‘rt va tez sinadigan bo‘lib qoladi. Qurg‘oqchilik natijasida bargning butun yuzasida dumaloq, rangsiz nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi. Tuproqda u yoki bu moddalarning yetishmasligi ham xloroz yoki boshqa rangli dog‘larni hosil qiladi. Manba: Энциклопедия лесного хозяйства. 2006.