VEGЕTATIV ORGANLAR

VЕGЕTATIV ORGANLAR (o‘simliklarda) — yuksak o‘simliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini ta’minlaydigan qismi. Asosiy vegetativ organlar barg va poyali novda hamda ildiz hisoblanadi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik yirik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlarining tashqi ko‘rinishi yuksak o‘simliklar organlariga o‘xshaydi, ya’ni bargsimon, poyasimon yoki ildizsimon bo‘ladi, lekin to‘qima tuzilishiga ega bo‘lmagan qismlarga bo‘linadi. Hayvonlarda vegetativ organlarga ba’zan nafas olish, hazm qilish, ayirish va boshqa organlar kiritiladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.