VIRGIN XURMOSI

VIRGIN XURMOSI (Diospyros virginiana L.) bо‘yi 30 m ga yaqin, yumaloq shox-shabbali daraxt. Mevasi olxо‘riga о‘xshaydi, xira jigar rang, meva yoni bargli, yumaloq, diametri 2-4 sm, sarg‘ish, isteʼmol qilinadi. Bu xurmo Shimoliy Аmerikaning sharqiy-janubiy hududlarida tarqalgan. Аmerikaning ayrim shtatlarida madaniy holda ekiladi. U sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Virgin xurmosi О‘zbekiston sharoitlarida yaxshi о‘sadi va hosil beradi. Uni kо‘p ekish va madaniy navlar uchun payvandtag sifatida foydalanish tavsiya qilinadi. Virgin xurmosi manzarali bо‘lgani uchun joylarni kо‘kalamzorlashtirish uchun ham ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

VIRGIN ARCHASI

Next Article

VIRGINIL DAVR