TURKMAN ARCHASI (Juniperus turcomanica Kom.) bo‘yi 10 m ga, diametri 50 sm ga yetadigan daraxt. Shox shabbasi yoyiq, ikki uyli. Katta yoshda po‘stlog‘i qizg‘ish bo‘ladi. Shoxlari ingichka, barglari tikanli, 5-7 mm uzunlikda. Ular tangachasimon, uchi yumaloq, bir oz bukik bo‘lib, tubida bezi bor, novdada zich joylashadi. Kubbasi qora, diametri 1 sm bo‘lib, unda 2-4 ta urug‘ rivojlanadi. Urug‘i yaltiroq, cho‘ziq, oval shaklida bo‘lib, jigar rangda. Bu archa tog‘ qiyaliklaridagi quruq tuproqli yerlarda o‘sadi va yashil archazorlar hosil qiladi, u 700 yilgacha yashaydi. Markaziy Osiyoda, jumladan, Kopettog‘da va Balxash ko‘li atroflarida tarqalgan. Chet mamlakatlarda Eron va Iroqda uchraydi. Qurg‘oqchilikka eng chidamli archa turi hisoblanadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
TURKMAN ARCHASI