TURKISTON ZARANGI (Acer turkestanica Rgl.) Tyan-Shan va Pomir-Oloyda 1600-2500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Balandligi 10-15 metr bo‘lib o‘sadi. Bir uyli o‘simlik. Aprel oyida barglari yozilishi bilan bir paytda gullaydi. Mevasi sentabr oyida yetiladi. Urug‘lari qishda birinchi qor yoki sovuqdan so‘ng butunlay to‘kiladi. Issiqsevar, 250 yilgacha yashaydi. Birinchi yili sekin o‘sadi va tuproq namligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bu zarang 10-15 yilda bor yo‘g‘i bir metrga o‘sadi. 50 yilda 3,7 metr, 100 yilda 7-8 metr balandlikka o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
TURKISTON ZARANGI