TRANSPIRATSIYA

TRANSPIRATSIYA – o‘simliklarning yer usti organlari orqali suvning bug‘lanishi. Transpiratsiya intensivligi o‘simlikning biologik xususiyatlariga, tuproq namligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Ignabargli daraxt turlari yaproqbarglilarga nisbatan suvni 4-5 marta sekin bug‘latadi. Transpiratsiya jadalligi tuproq namligiga chambarchas bog‘liq bo‘lib, namlik miqdori oshgan sari transpiratsiya ham jadal sur’atlarda kechadi. Transpiratsiya jadalligi daraxt turining shox-shabbasi hajmiga ham bog‘liqdir, chunki barg plastinkasi maydoni qanchalik ko‘p bo‘lsa transpiratsiya shunchalik kuchli kechadi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

TOTIM

Next Article

TSUGA