TOTIM (Rhus L.) turkumining vakillari kichik daraxt yoki buta hamda liana o‘simliklaridir. Ular asosan tropik va subtropik hamda mo‘tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Barglari navbat bilan joylashadi. Mevasi danakcha, rangi qizil bo‘lib, bezchalarga o‘xshash tuk bilan qoplangan. Bu turkumning 150 ta turi bor. Ulardan 14 tasi Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilingan.
TOTIM