TOG'TERAK

TOG‘TERAK (Populus densa Kom.) bo‘yi 15 (18) m, diametri 80 sm keladigan daraxt. Po‘stlog‘i yashil, qo‘ng‘ir, oq, avval silliq, so‘ng bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Yog‘ochi oq, yumshoq, o‘zagi sariq bo‘lib, o‘q ildizi sershox. Ildizining po‘stlog‘i och jigar rangda, yog‘ochi och sariq. Yog‘ochida 51% sellyuloza bor. U tog‘lardagi toshli yerlarda o‘sadi. Bu terak G‘arbiy Tyan-Shanda, Pomir-Oloy tog‘ining janubiy qiyaliklarida uchraydi. U urug‘idan va qalamchadan ko‘payadi. Sekin o‘sadi, kasallik va hasharotlarga chidamli. Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamsiz. U kam ekiladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

Prev Article

TOG'QAYRAG'OCH

Next Article

TOJ