TERAK

TЕRAK (Populus L.) turkumning vakillari daraxt bo‘lib, bo‘yi 40-50m ga, diametri 1-1.5m ga yetadi. Tanasi tik o‘sadi, bir tanali, ayrim turlarining tanasi ikkiga shoxlanadi. Ko‘p guli osilib yoki tik o‘sadi. Gullab bo‘lgach, u to‘kilib ketadi. Teraklar ikki uyli, guli bir jinsli daraxt. Aksariyat teraklar barg yozishdan oldin yoki barg yozgandan keyin gullaydi. Gulining cheti o‘yiq, ular gulyon bargchalar qo‘ltig‘ida rivojlanadi. Teraklar shamol yordamida, ayrimlari hasharotlar yordamida changlanadi. Teraklar serhosil daraxt bo‘lib, har yili hosil beradi. Urug‘i shamol va suv vositasida tarqaladi. Manba: Flora Uzbekistana. 1962.

English

POPLAR

Русский

ТОПОЛЬ

Deutsch

PAPPEL