TILOG'OCH

TILOG‘OCH (Larix L.) balandligi 35-50 m bo‘lgan yirik ignabargli daraxt bo‘lib, diametri 1 m gacha bo‘ladi. Tilog‘och bahorda, ignabarglar gullashi bilan bir vaqtda gullaydi. 15-25 yoshda meva bera boshlaydi. Bahorda ekilgan urug‘lar 15-30 kunda unib chiqadi. Tilog‘och kuchli o‘sishi bilan ajralib turadi. 450 yilgacha, alohida hollarda 900 yilgacha yashaydi. Tilog‘ochning barcha turlari yorug‘likni juda yaxshi ko‘radi. Tilog‘och boshqa ignabargli turlarga qaraganda tutun va gazga juda chidamli. Barglari tufayli u ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladi.

English

LARCH

Deutsch

LÄRCHE

Prev Article

TILLARANG QORAQAT

Next Article

TINIM DAVRI