TOG'JUMRUT

TOG‘JUMRUT (Rhamnus sathartica L.) yirik, shox-shabbasi yoyiq buta yoki kichik daraxt. Po‘stlog‘i qora rangda, po‘st tashlab turadi. Bu tur aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi shirali, 3—4 danakli bo‘lib, yetilish oldidan qora rangga kiradi. Tog‘jumrut bachki novdasidan ko‘payadi,  to‘nkasidan ham ko‘karadi. Tog‘jumrut juda keng tarqalgan o‘simliklardan hisoblanadi. U siyrak o‘rmonzorlardagi daraxtlar orasida, tog‘larda dengiz sathidan 1600—1700 m gacha baland bo‘lgan joylarda o‘sadi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

Prev Article

TOBULG'I

Next Article

TOG'QARAG'AN