SHAMSHOD (Buxus L.) turkumi kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 10 m ga yaqin. Po‘stlog‘i silliq, kul rang-yashil novdasi 4 qirrali, yashil rangda. Barglari doim yashil, qalin po‘stli, cheti tekis, kalta bandli bo‘lib, novdada doira shaklida joylashadi. Shamshod daraxti mart-aprel oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentabr oylarida yetiladi. Shamshod daraxtning hamma turi deyarli soyasevar o‘simlik. Shuning uchun ular o‘rmonlarda ikkinchi yoki uchinchi yarusda o‘sadi. Shamshod daraxti doim yashil, sovuqqa chidamsiz shamshod daraxti sekin o‘sadi va uzoq yil yashaydi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
SHAMSHOD