SHARQ QORAQAYINI (Fagus orientalis Lipsky.) bo‘yi 50 m, diametri 2 m keladigan, tanasi nihoyatda yo‘g‘on, po‘stlog‘i silliq, kulrang daraxt. Yong‘oqlari mayda. Ildizidan bachkilaydi. Sharq qoraqayini Kavkazda, Kichik Osiyoning shimolida, Bolqon yarim orolining sharqida tarqalgan. Tog‘li tumanlarda dengiz sathidan 2300 m gacha balandlikda o‘sadi. Tog‘larning yaylov zonasida sharq qoraqayini buta shaklida bo‘ladi va yer bag‘irlab o‘sadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
SHARQ QORAQAYINI