SHUMTOL (Fraxinus L.) daraxt va ba’zilari yirik buta o‘simlik bo‘lib, ko‘pchilik turlari barg yozishdan oldin, ayrimlari barg yozib bo‘lgandan so‘ng gullaydi. Barg yozilguncha gullaydigan turlari shamol vositasida changlanadi. Mevasi bir urug‘li quruq pista yoki yong‘oqcha bo‘lib, kuzda yetiladi. Shumtol ko‘pincha tez o‘sadi, yer yuziga yaqin joylashgan sershox ildizlari baquvvat rivojlanadi, to‘nkasidan yaxshi ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. U yorug‘sevar o‘simlik, 200-250 yilgacha yashaydi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
SHUMTOL