SARIQ DO‘LANA (Crataegus pontica C.Koch.) Ushbu do‘lanada turi Markaziy Osiyo va Kavkaz tog‘larida dengiz sathidan 800-1700 metr balandliklarda turli ekspozitsiyali tog‘ yonbag‘irlarida tabiiy holda o‘sadi. Balandligi 10 metrgacha, diametri 35 sm bo‘lib, tanasining po‘stlog‘i kulrang, jigarrang. Novdalarida ko‘plab yo‘g‘on tikanlar uchraydi, ularning uzunligi 1 sm gacha yetadi. Ildiz tizimi 50-60 sm tuproq qatlamida joylashgan bo‘lib, daraxt tanasidan 5-10 metr masofaga tarqaladi. Ildiz tizimi shox-shabbasi proyeksiyasidan 15 barobar kengroqdir. Sariq do‘lananing bu biologik xususiyati qurg‘oqchilikni osonlik bilan o‘tkazishini ta’minlaydi. Quruq tog‘ yonbag‘irlarida alohida-alohida, ba’zan kichik do‘lanazor hosil qilib o‘sadi. Birinchi yili sekin o‘sadi, asosan urug‘idan ko‘payadi.
SARIQ DO'LANA