SUV HAVZALI BOG‘ KOMPOZITSIYASI – bog‘ning o‘rta, chekka va markaziy qismlarida suvli havza atrofida bog‘li landshaft yaratishdir. Har xil o‘lcham va shakldagi suv omborlari, kanallar bilan o‘zaro bog‘langan suv yo‘nalishlarida ushbu bog‘ni yaratish imkoniyati bo‘ladi. Agar hududda yetarlicha joy bo‘lsa, unda suv ustida suzuvchi orollarni yasash mumkin. Bunda hududning sohil bo‘yi yerlari tosh bilan mustahkamlanib, suv va qirg‘oqni mustahkamlovchi o‘simliklar ekiladi. Barpo etiladigan hovuzlar suv yo‘nalishlari inobatga olingan holda turli darajalarda quriladi, shunda suv bir hovuzdan boshqasiga erkin oqadi. Suv bog‘iga yorug‘likning tushish sharoitlari, binolar va o‘simliklarning yaqinligini hisobga olgan holda, go‘zal va noyob tabiat ko‘rkini namoyon qiluvchi joyni tanlash muhim sanaladi. Manba: Manzarali bog‘dorchilik. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article