SVЕTLANA GULSAFSARI

SVЕTLANA GULSAFSARI (Iris svetlanae (Vved.) F.O.Khass.) G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur. Aprel oyida gullab, may oyida meva tugadi. Qashqadaryo viloyati, Zarafshon va Hisor tizmasnning g‘arbiy qismi - Qashqadaryo havzasi (Qizilcha, O‘rg‘ontosh, Torkopchigay va Ishkent qishloqlari, Taxtaqoracha dovoni atrofi) da tarqalgan. Qizil qumtoshli tuproqlarda o‘sadi. Soni aniqlanmagan. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Tabiiy o‘sib turgan joylarining qisqarishi va chorva boqilishi tufayli qisqarib ketgan. O‘zR FAning Toshkentdagi botanika bog‘ida o‘stirilgan. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

SUVSUMBUL