SIBIR QARAG'AYI

SIBIR QARAG‘AYI (Pinus sibirica Rupr. Mayr) bo‘yi 20-40 m, diametri 1 m bo‘lgan daraxt. Shox-shabbasi keng yumaloq yoki keng piramida shaklida. Sibir qarag‘ayi urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Kuzda sepilgan urug‘i bahorda ko‘karib chiqadi. Bahorda sepiladigan urug‘lari stratifikatsiya qilinishi, ya’ni nam va sovuq sharoitda ma’lum muddat saqlanishi kerak, shundagina ko‘karib chiqadi. Sibir qarag‘ayi sovuqqa chidamli o‘simlik. U dengiz sathidan 1000-1500 m balandliklarda sernam, tog‘li hududlar va tog‘ daryolari qirg‘oqlaridagi qumoq, qumloq, nam saqlamaydigan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. O‘zbekistonga introduksiya qilingan, bizning iqlimda u juda sekin o‘sadi, havoning issiq va quruq kelishidan zararlanadi, yozning issiq kunlarida qurib qolish hollari ham kuzatilgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.