SIBIR OQQARAG‘AYI (Abies sibirica Ledeb.) bo‘yi 30 m, diametri 0,5 m shox-shabbasi konussimon yoki piramida shaklli daraxtdir. O‘rta va yuqori shoxlari gorizontal, pastkilari esa yer yuziga yaqin yoyilib o‘sadi. Po‘stlog‘ida bo‘rtib chiqqan tugunchalari bo‘lib, ularda xushbo‘y hidli balzam, smolali modda bor. Barglari ingichka, smola yo‘llari uning parenxima hujayralarida bo‘ladi. Barg daraxtda 10 yilgacha saqlanadi, ezilganda xushbo‘y hid tarqatadi. Oqqarag‘ay urug‘idan yaxshi ko‘payadi, u 250 yilgacha yashaydi. Undan ko‘klamzorlashtirish ishlarida foydalaniladi. Lekin havoning ifloslanishiga chidamsiz bo‘lganligidan shaharlarda ekilmaydi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
SIBIR OQQARAG'AYI